Saytdan foydalanish yo'riqnomasi - Taksa.uz

Saytdan foydalanish yo'riqnomasi

Sayt 2 qismdan iborat: "Mijozlar" va "Haydovchilar".


“Mijozlar” qismi

Bu qismda mijozlar, yani boshqa shaharga pochta yoki yuk yubormoqchi, yoxud yo’lovchi bo’lib ketmoqchi bo’lganlar uchun.

“Haydovchilar” qismi

Bu qism yengil va yuk avtomashina egalari uchun va u 2 bo’limdan iborat:


  • Yengil avtomashina takliflari – yo’lovchi va pochta olib ketuvchilarga,
  • Yuk avtomashina takliflari – og’ir yoki katta hajmdagi yuk tashuvchilarga.

MIJOZLARGA

Mijozlar quyidagi bo’limlardan foydalanishi mumkin:

YO’LOVCHI KETISHboshqa shaharga yo’lovchi bo’lib ketmoqchi bo’lganlarga. Kerakli yo’nalish va sanani tanlab, haydovchilar tomonidan berilgan e’lonlar bilab tanishishingiz mumkin. Yo’nalish tanlashda manzilni qanchalik aniq ko’rsatishingiz e’lonlar ham shunga qarab saralanib chiqadi. Alternativ yo’nalishlarni ko’rish maqsadida e’lonlar sonini ko’paytirish uchun tuman yoki sanani ko’rsatmay qidiruv berishingiz mumkin. Misol uchun, Toshkent shahriga bormoqchi bo’lsangiz, Chilonzor yoki Sergeli rayongaligi muhim bo’lmasligi mumkin. Ketish sanasini ko’rsatmasangiz, tizim bugundan e’tiboran barcha e’lonlarni ko’rsatib beradi.

Qidiruv natijasida e’lonlar ro’yhati chiqgach, har bir taklif bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Agar biron bir e’lon Sizga ma’qul kelgan bo’lsa, “Batafsil” tugmasini bosing va haydovchi raqami, mashinada kimlar (erkak, ayol) ketayotgani bilan tanishishing.

Haydovchi bilan telefon orqali bog’lanishga harakat qiling. Agar ketishni kelishib olgan yoki qo’ng’iroq qilib bog’lana olmagan bo’lsangiz, “Buyurtma qilish” tugmasini bosing. Buyurtmangizni haydovchi albatta ko’radi.

Buyurtma qilish uchun Siz, bir marotaba ro’yhatdan o’tishingiz kerak bo’ladi. Kelgusida shu telefon raqamingiz bilan qayta hizmatlardan foydalanishingiz mumkin. Buyurtmangizni haydovchi ko’radi va Siz bilan aloqaga chiqmagan bo’lsa bog’lanadi. Birgalikda ketish o’zaro kelishilganidan so’ng, haydovchi joyni Siz uchun band qilib qo’yadi.

Uchrashuv joyiga belgilangan paytga kelishga harakat qiling, bu juda muhim! Chunki mashinaning harakatlanishini boshqa yo’lovchilar kutib qolmasiligi kerak.

POCHTA YUBORISHboshqa shaharga hujjat, pochta yubormoqchi bo’lganlar uchun. Kerakli yo’nalish va sanani belgilang. Tizim Sizga pochta olib ketish taklifini berayotgan yo’nalishdagi barcha yengil avtomashinalar ro’yhatini namoyon qiladi. “Batafsil” tugmasini bosib, kerakli haydovchi raqamini ko’rishingiz mumkin bo’ladi.

Pochta yuborish uchun saytda ro’yhatdan o’tishingiz shart emas.

YUK YUBORISHboshqa shaharga katta hajmda yoki vazmin yuk jo’natmoqchi bo’lganlar uchun. Kerakli yo’nalishni belgilab qidiruv qiling.

Har bir e’londa avtomashinani qayerda ekanligi, qayerga va qachon borishi, qancha yuk ko’tara olishi, yuk honasi necha foiz band ekanligi, 1kg yuk uchun qancha narh belgilaganligi va nima narsa yuklash mumkinligi ko’rsatilgan. Agar ketish vaqti ko’rsatilmagan bo’lsa, demak mashina yuk olmagan yoki yuk hona to’lmagan bo’ladi.

Ketish vaqti ko’rsatilmagan va yuk olmagan mashinalar ko’rsatilgan yo’nalishdan boshqa, Siz istagan manzilga borishlari ham mumkin. Buni haydovchi bilan telefon orqali kelishasiz. Haydovchi raqami va boshqa ma’lumotlarni ko’rish uchun “Batafsil” tugmasini bosing.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Telegramda @taksauz_bot ishga tushirilgan.

Tizimdan foydalanish juda ham qulay, buni ish jarayonida o’zingiz kuzatishingiz mumkin. Foydalanishda qiyinchilik yoki savollar paydo bo’lgan bo’lsa, bemalol operatorlarimizga murojaat qilishingiz mumkin.


HAYDOVCHILARGA

Ega bo’lgan mashinangiz turiga qarab quyidagilardan birini tanlang:

Tizimga kirish uchun, telefon raqamingiz va parol (kalit so’z) orqali kimligingizni tasdiqlashingiz kerak. Agar ro’yhatdan o’tmagan bo’lsangiz, “Ro’yhatdan o’tish”ni bosing.

Ro’yhatdan o’tish juda ham oson. Buning uchun ismingiz va telefon raqamingizni kiriting. Telefon raqamingizni tasdiqlash uchun “Aktivatsiya kodini yuborish”ni bosing. Bir daqiqa ichida Taksa.uz saytidan SMS orqali telefoningizga 6 honali raqam keladi. Ushbu raqamni “Tasdiqlash kodi” katagiga kiritasiz va “Telefon raqamini tasdiqlash” tugmasini bosasiz.

Telefon raqamingiz tasdiqlanganidan so’ng, ihtiyoriy kalit so’zni kiriting. Bu Sizning parolingiz bo’ladi. Shundan so’ng “Ro’yhatdan o’tish” tugmasini bosasiz va ro’yhatdan o’tish jarayonini yakunlaysiz.

O’z mashinangiz va takliflaringizni kiritish uchun, shahsiy profilingizga kirishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun, yuqori-o’ng tarafda yozilgan ismingiz ustiga bosasiz.

Profilingizda “Takliflarim”, “Mashinalarim” va “To’lovlarim” bo’limlari mavjud.

Taklif kiritish uchun avval mashinangizni ro’yhatdan o’tkazishingiz kerak bo’ladi. Mashinalarni turlariga qarab qo’shib boraverasiz. Bir vaqtni o’zida ham yengil, ham yuk mashinangizni kiritishingiz mumkin. Mashina va o’zingiz haqqingizda iloji boricha to’liq ma’lumot kiritishingiz, mijozlarda Sizga bo’lgan ishonchni ortiradi.

Mashina qo’shilganidan so’ng quyidagi yengil yoki yuk mashinaga mos taklif kiritishingiz mumkin.

YO’LOVCHI OLISH TAKLIFIyo’lovchi yoki pochta olish uchun. Taklif blankasida yo’nalish manzillarini, ketish sanasi, odam soni, yo’l kirasi va bagajdagi joy haqida ma’lumotlarni to’liq ko’rsatishingiz kerak bo’ladi. Agar faqat pochta olib ketmoqchi bo’lsangiz odam sonini “0” qoldirib, “Pochta olaman” joyini belgilab qo’yasiz.

YUK OLISH TAKLIFIyuk jo’natuvchi mijozlarni topish uchun. Taklif blankasida yo’nalish manzillarini ko’rsatishingiz yetarli hisoblanadi. Ketish sanasi va narhini bo’sh qoldirilishi, tizim tomonidan “kelishilga holda” deb tushuniladi. Agar ketish sanasi aniq bo’lsa, u holda sanani kiritganingiz ma’qul. Olib ketmoqchu bo’lgan yuk turi haqida ham ma’lumot berib o’tishingiz mumkin. Buning uchun “Yuk turi”ni tanlab kerakli turni belgilab qo’yasiz.

Taklif qo’shilganidan so’ng, uni mijozlarga ko’rinishi uchun faollashtirish kerak bo’ladi. Faollashtirish uchun esa to’lovni amalga oshirish kerak bo’ladi. To’lovni yuqorida “To’lovni amalga oshirish” tugmasi orqali bajarish mumkin. To’lovlar tariflarga ko’ra amalga oshiriladi. Bir kunlik tarifga to’lov qilsangiz, 1 kun, yani 24 soat ichida istalganicha taklif kiritishingiz mumkin bo’ladi.

Barcha Siz tomondan amalga oshirilgan to’lovlar “To’lovlarim” bo’limida aks ettiriladi. To’lovlarni “Click”, “Payme” va “Paynet” elektron to’lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin. Bu juda ham qulay va oson.

Yuk, pochta yoki yo’lovchi olib ketish taklifini kiritganingizdan so’ng, saytga kirib taklifingiz bo’yicha kelayotgan javoblarni kuzatib borishingiz lozim, sababi, yuk yoki yo’lovchi olganligingizni tasdiqlash orqali yuk hona yoki salonda qolgan joy haqida ma’lumot saytda chiqariladi. Mashinangizni yo’lga chiqish holati mijozlarni ko’proq jalb etadi.

Tizimdan foydalanish juda ham qulay, buni ish jarayonida o’zingiz kuzatishingiz mumkin. Foydalanishda qiyinchilik yoki savollar paydo bo’lsa, operatorlarimizga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

(90) 533-33-50, (97) 955-33-50, (99) 996-33-50