Общие правила - Taksa.uz

Общие правила

  1. Boradigan manzilni haydovchiga aniq tushuntiring, chunki u qanday va qaerdan borishni shunga qarab rejalashtiradi. Yolg’on yoki noto’g’ri ma’lumotlar muammo tug’dirishi mumkin.
  2. Yo’lda tamaki mahsulotlaridan fojdalanish mumkinmi yo’qmi, haydovchi va yo’lovchilardan ruxsat so’rashni unutmang;
  3. Agar yo’lda ovqatlanish zarurati bo’lsa, avvalboshdan kelishib oling. Haydovchi buni hisobga olib, Sizni kerakli oshxonaga olib boradi;
  4. Agar sog’lig’ingiz yaxshi bo’lmasa, o’zingiz bilan dori-darmonlar oling. Shamollagan bo’lsangiz, yuzingizga niqob taqib olishni unutmang. Zero qolganlar ham zarar ko’rmasin;
  5. Me’yoridan ko’p spirtli ichimlik iste’mol qilmang. O’zingizni boshqara olmasligingiz va yoqimsiz hid kelishi salondagi yo’lovchilarni bezovta qilishi mumkin;
  6. Yosh bolangiz bo’lsa, taglik va ko’ngil aynishi ehtimoliga qarshi tselofan paket olishni unutmang.
  7. Manzilingizga yetib olgach, mashinadan barcha shahsiy narsalaringizni olishni unutmang.