Loyiha haqida - Taksa.uz

Loyiha haqida

Siz yo’lovchimisiz? Ko’zlagan manzilingizga hech bir qiyinchiliksiz yetib olishni xohlaysizmi? Biz bunga ko’maklashamiz!

Yengil yoki yuk avtomobil egasimisiz? Transport xizmati ko’rsatish istagidamisiz? Bu borada ham Sizga ko’maklashamiz!

Qanday qilib deysizmi?

Loyihamiz aynan shunday maqsadlar uchun ishlab chiqilgan, ya’ni avtomashinalarning shaharlararo harakatlanishida yuk, pochta va yo’lovchi tashishda qulaylik yaratish. Bu bilan, ham transport vositalari egalariga, ham yo’lovchilarga birdek manfaat keltiriladi.

Ushbu hizmatni quyidagicha izohlaymiz:


  1. Agar Siz yo’lovchi bo’lsangiz, ketmoqchi yoki pochta yubormoqchi bo’lsangiz, vaqtingizni zoya ketkazib mashina qidirib yurishingiz shart emas. Ushbu sayt yoki telegramdagi @taksauz_bot orqali ketish joyi va borish manzillarini ko’rsatgan holda, o’zingizga kerakli transport vositasini topishingiz va narhini kelishib olishingiz mumkin bo’ladi. Agar katta hajmdagi yukingiz bo’lsa, uni ham eltish uchun yuk mashina egalari bergan e’lonlardan foydalanishingiz mumkun.
  2. Agar Siz yengil mashina haydovchisi bo’lib, boshqa shaharga ish bilan ketayotgan bo’lsangiz, yoqilg’i harajatlarini qoplash yoki yo’lga hamroh olib ketish maqsadida ushbu sayt yoki @taksauz_bot orqali xabar qoldiring, yo’lovchilar o’zlari Siz bilan bog’lanishadi.
  3. Agar Sizni yuk mashingiz bo’lsa va yuk tashish hizmatini ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, ushbu sayt yoki @taksauz_bot orqali habar qoldiring. Xizmatingizga muhtoj mijozlar o’zlari aloqaga chiqishadi.

TAKSA.UZ — Yo’limiz bir!

Oddiy, tez va qulay on-line transport hizmatlaridan foydalaning!